ASTRONOMIYA — GEODEZIYA TARMOG’I haqida nimani bilasiz?
ASTRONOMIYA — GEODEZIYA TARMOG’I — bir-biridan taxminan 70— 100 kilometr uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining o’zaro bog’langan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik o’lchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geografik kenglamasi, uzunlamasi va azimutini geodeziya usullarida o’lchanadi, so’ngra yerni aylanma ellipsoid deb faraz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan ma’lumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi qabul qilingan ellipsoidning geoiddan farqini ifodalaydi. Uni hisobga olib yangi ellipsoid qabul qilinadi va shu yo’l bilan yerning haqiqiy shakli va o’lchamlariga yaqinlashiladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASTRONOMIYA
- Astronomiya
- Astronomiya
- ASTRONOMIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTRONOMIK PUNKT haqida nimani bilasiz?
- ASTRONOMIK BIRLIK haqida nimani bilasiz?
- ASTRONOMIK SOATLAR haqida nimani bilasiz?
- ASTRONOMIK BELGILAR haqida nimani bilasiz?

