ASUNSON haqida nimani bilasiz?
ASUNSON — Paragvay Respublikasining poytaxti. Aholisi 608 ming kishi (1990). Paragvay daryosining chap sohilida. 1537yilda barpo etilgan. 17- asr boshlarigacha Ispaniya mustamlakasi markazi bo’lgan. 1811 yilda Asunsonda Paragvay mustaqilligi e’lon qilingan. Asunson Paragvayning asosiy porti, sanoat, savdo markazi va transport tuguni. Milliy universitet (1889) va boshqa universitetlar, muzeylar bor. To’qimachilik va ko’n poyabzal fabrikalari, tegirmonlar, qand-shakar va spirtarak zavodlari, kemasozlik korxonasi, kushxona mavjud. Neftni qayta ishlash zavodi bor. Mamlakat eksportining 75%, importining 90% Asunson porti orqali o’tadi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Botanika bog’i bor.
O‘xshash so‘zlar
- ASVON haqida nimani bilasiz?
- ASVOT haqida nimani bilasiz?
- ASXOB AR-RA’Y haqida nimani bilasiz?
- ASYUT haqida nimani bilasiz?
- AT-TOIR yuzlduzi haqida bilasizmi?
- ATABASKA haqida nimani bilasiz?
- ATAKA BURCHAGI haqida nimani bilasiz?
- ATAKAMA BOTIG’I haqida nimani bilasiz?

