ATAUALPA haqida nimani bilasiz?
ATAUALPA (taxminan 1500-1533.29.8, Kaxamarka) — inklar hokimi. Otasi — Uayn kapak vafotidan (1530) so’ng birodari Uaskar bilan hokimiyat uchun qurolli kurash olib borib taxtni egallagan. 1532 yil mamlakatga F. Pisarro rahbarligidagi ispan konkistadorlari kelganlar. O’sha yiliyoq Ataualpa ispan bosqinchilari tomonidan asir olingan. Uni ulkan tovon evaziga ozod qilishga va’da berishgan. Biroq tovon puli to’planib ispanlarga topshirilgach, ispanlar bergan va’dalaridan kechib Ataualpani «sud» qilib qatl etganlar.
O‘xshash so‘zlar
- ATAVIZM haqida nimani bilasiz?
- ATBARA haqida nimani bilasiz?
- ATEIZM haqida nimani bilasiz?
- ATEKATLAR haqida nimani bilasiz?
- ATELEKTAZ haqida nimani bilasiz?
- ATELYE haqida nimani bilasiz?
- ATERINASIMONLAR haqida nimani bilasiz?
- ATEROMA haqida nimani bilasiz?

