ATBARA haqida nimani bilasiz?
ATBARA (Arabcha — Bahr-al-Asvod) — Sudan va Efiopiyadagi Daryo, Nilning o’ng irmog’i. Uzunligi 1120 kilometr. Efiopiya tog’ligining shimoliy chekkasidan boshlanadi. Asosan Sudan platosidan oqadi. Suv sarfi o’zgarib turadi (700 metr kub/sekunddan 2200 metr kub/sekundgacha), quyi qismida qurg’oqchil davrlarda butunlay qurib qoladi. Yog’ingarchilik paytlarida (iyun-sentabr) daryoda suv ko’payib, kemalar qatnaydi. Nilga quyilish joyida Atbara shahri bor. GES qurilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ATEIZM haqida nimani bilasiz?
- ATEKATLAR haqida nimani bilasiz?
- ATELEKTAZ haqida nimani bilasiz?
- ATELYE haqida nimani bilasiz?
- ATERINASIMONLAR haqida nimani bilasiz?
- ATEROMA haqida nimani bilasiz?
- ATEROMATOZ haqida nimani bilasiz?
- ATEROSKLEROZ haqida nimani bilasiz?

