Nukleoproteinlar
Nukleoproteinlar – nuklein kislota vа aminokislotalardan tashkil topgan murakkab oqsillar.

Nukleoproteinlar – nuklein kislota vа aminokislotalardan tashkil topgan murakkab oqsillar.
Nukleaza – nuklein kislotalarni nukleotidlarga parchalovchi fermentlar.
Noradrenalin – neyromediator. Qon tomirlarni toraytirishda kuchli ta’sir qiladi.
Nomogenez – tirik organizmlar evolutsiyasi ichki qonuniyatlar asosida rivojlanadi deb tushuntiruvchi nazariya. L.S. Berg atamasi.
Nog’ora parda – umurtqali hayvonlar qulog’idagi tashqi eshitish yo’lini nog’ora bo’shlig’idan ajratib turadigan parda.
Nog’ora bo’shlig’i – umurtqali hayvonlar уа odamning o’rta quloq bo’shlig’i.
Nitrofillar – Azot sevuvchilar – azot ko’p bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklar.
Nitrifikatsiya – nitrifikatsiya bakteriyalari yordamida azotning qaytarilgan birikmalarining (ammiak) oksidlangan shakllarga aylantirilishi (nitrat). Nitrifikatsiya tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Nitragin – dukkakli ekinlarning hosilini oshirish uchun ishlatiladigan bakterial o’g’it. Nitragin ekin turiga qarab tayyorlanadi.
Ninachilar, so’zanaklar – hasharotlar turkumi. Katta boshining ko’p qismini yirik ko’z egallagan. Ikki juft uzun to’rsimon qanotlari bог. Lichinkalari suvda yashaydi.