ABDULVADUD AHMAD

ABDULVADUD AHMAD ibn Abdulvosi’ Shoshiy (14-asr) — toshkentlik xattot. 1339 y. Xatiyb at-Tabriziyning «Mishkot ulmasobih» («Chiroqlar tokchasi») hadislar to’plamini nasx xati bilan ko’chirgan. Bu qo’lyozma O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida … Read More

ABDULAHAD

ABDULAHAD (1859.16.3-1911.6.1) – Buxoro amiri (1885-1910). Mang’itlardan. Amir Muzaffarning o’g’li. Abdulahad davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va … Read More

ABDULALI TARXON

ABDULALI TARXON (15-asr) – Buxoro viloyati hokimi (15-asr 90-yillari). Sulton Axmad Mirzoning nufuzli amirlaridan, yirik mulkdor. Abdulali Tarxon Shayboniyxon bilan yaxshi munosabatda bo’lgan. Bobur: «Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog’ig’a va muncha … Read More

ABDULAZIZXO’JA MADRASASI

ABDULAZIZXO’JA MADRASASI – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (1909). Mahalliy me’moriy an’analarning soddalashtirilgan shaklida g’isht, ganchdan qurilgan; chortoqtarhli (26×24 metr), murabba hovlili (14×14 metr). Ikki qavatli darvozaxona — peshtoqning ikki yonida hujralar … Read More

ABDULAZIZXON MADRASASI

ABDULAZIZXON MADRASASI – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo’sh imorat ansamblning Janub tomonida me’mor Mimxoqon ibn Xo’ja Muhammadamin tomonidan 1652 yilda qurilgan. Ulug’bek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki … Read More

ABDULAZIZXON

ABDULAZIZXON (1509-1550) -Shayboniylardan. Ubaydullaxonning o’g’li, Xorazm hokimi (1538-39). Otasining vafoti (1539) dan so’ng mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-50), Ko’chkunchixonning o’g’li Abdullatifxon esa Samarqand xoni (1540-1551) bo’lgan. Abdulazizxon … Read More

ABDULAZIZ

ABDULAZIZ ibn Sharafuddin (14 – asr oxiri — 15 – asr boshi) — rixtagar. Amir Temur saroyida yashab ijod etgan. Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun quygan «Nazirniyoz qozoni» o’z davri amaliy … Read More

ABDULAVVAL

ABDULAVVAL Nishopuriy (? Nishopur — 15-asr Samarqand) — tasavvuf olimi. Abdulavval «Masmuot» («Eshitilganlar») kitobi bilan mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi Xo’ja Ahrorning sufiylik nuqtai nazari, falsafiy qarashlariga bag’ishlangan tarjimai … Read More

ABDUKARIMXO’JA SULOLASI

ABDUKARIMXO’JA SULOLASI – g’ijduvonlik qo’g’irchoqbozlar avlodi: 1) Abdukarimxo’ja (1800-1870) — surnaychi va qo’g’irchoqboz; 2) Siddiq Kalon (1858-1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qo’g’irchoqboz. Masxaraboz, qo’g’irchoqboz va nayrangbozlar to’dasiga rahbarlik qilgan. … Read More

ABDUKARIMOV

ABDUKARIMOV Abdusattor (1942.4.4, Chinoz tumani) — biolog va genetik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (2000), biologiya fanlari doktori (1979), professor. (1990). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi biokimyo institutida katta ilmiy xodim (1972-78), … Read More