AVOMETR
AVOMETR, ampervoltommetr — o’zgarmas va o’zgaruvchan (yuqori chastotali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni o’lchaydigan universal kuchma asbob. Avometrlarning o’lchash chegaralari turlicha bo’ladi. Ular magnitoelektrik va to’g’rilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan Avometrlar yordamida o’zgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik o’lchanadi, to’g’rilagich tizimda yasalgan Avometrlar yordamida esa ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik o’lchanadi. Avometrlar, asosan, magneto elektrik o’lchash mexanizmi va yarimo’tkazgichli to’g’rilagich birikmasidan iborat. Avometrlarning tokni o’lchash chegarasi shunt qarshiligi yordamida, kuchlanish va qarshilikni o’lchash chegarasi esa qo’shimcha qarshiliklar yordamida kengaytiriladi.