AYTJANOVA
AYTJANOVA Ayimxon (1944.16.10, Shumanay tumanining Shumanay ovuli) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Nukus pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1966). 1966 yildan Xo’jayli, Shumanay tumanidagi maktablarda o’qituvchi, 1971 yildan Shumanay tumanidagi 5-maktabda fizika va mehnat fani o’qituvchisi. Aytjanova ta’lim berishda test usulidan, ko’rgazmali qurollar va kompyuterdan unumli foydalanadi. «Mehnat darsida qoraqalpoq milliy naqshlarini o’rgatish» metodik qo’llanmasi muallifi.
O‘xshash so‘zlar
- AYTMATOV
- AYUCHI o’zbek urug’i haqida bilasizmi?
- AYUDOG’ haqida bilasizmi?
- AYUPOV ABDULLA TOLIPOVICH kim bo’lgan?
- AYUPOV SHAVKAT ABDULLAYEVICH kim bo’lgan?
- AYUQA xoni haqida bilasizmi?
- AYUTTXAYA qanaqa shahar?
- AYVAZOVSKIY

