AZOMETIN BO’YOQLAR

AZOMETIN BO’YOQLAR – molekulasida xromofor guruhlar bo’lgan organik bo’yovchi moddalar. Azometin bo’yoqlar to’q rangli bo’lishi bilan azobo’yoqlardan farq qiladi. Ular aromatik yoki geterosiklik aldegidlar va aminlarni hamda aromatik Nitrozobirikmalarni faol metilen guruhli birikmalar bilan o’zaro ta’sir ettirish va boshqa yo’llar bilan olinadi. Sintetik usulda olingan dastlabki bo’yoqlardan biri bo’lgan to’q qizil rangli mureksid ham Azometin bo’yoqlarga kiradi. Azometin bo’yoqlar rangli fotografiya va to’qimachilik sanoatida ishlatiladi.