Dastlabki haykal qachon yaratilgan edi?

Haykaltaroshlik muqarrar eng ko’hna san’atdir. Odamlar rasm chizishni yoki hatto uy-joy qurishni boshlamasidan hali ancha oldin toshdan turli buyumlar taroshlagan edilar. Ming minglab yillar ilgari haykaltaroshlik qanday bo’lganligini tavsiflovchi buyumlarning miqdorigina saqlanib qolgan xolos. Ammo taraqqiyotning ibtidoiy bosqichida yashayotgan odamlar toshdan eng qadimgi zamonlarda mavjud bo’lgan haykaltaroshlik haqida tasavvur bera oladigan buyumlarni bugun ham yasashadi. Eng qadimgi zamonlardagi ibtidoiy haykallar chiroyli va ko’rkam bo’lishi shart emasdi. U hamisha marosimlarda foydalanish uchun mo’ljallangandi. Erkaklar, ayollar va hayvonlarning figuralari yovuz yoki ezgu ruhlar sifatida sig’iniladigan tabiat kuchlari sharafiga atab yasalardi. Ilk tsivilizasiyalar xuddi shuningdek haykallardan o’z diniy-a’mollarini ifodalash uchun foydalanishgan. Qadimgi misrliklar o’limdan keyingi hayotga ishonishardi va ular toshdan o’z hukmdorlarining, zodagonlar namoyandalari va ilohlarning natural kattalikdagi yoki hatto undan kattaroq haykallarini taroshlar edilar. Haykallar qabrlar boshida o’rnatilgan, chunki misrliklar marhumning ruhi bir kun unga qaytishiga e’timod qilishardi. Yunon tsivilizasiyasi vujudga kelishi bilan haykaltaroshlik tarixida eng buyuk davrlardan biri oyoqlandi. Haykaltaroshlik, yunonlar nazdida ifodaning eng muhim shakllaridan biriga aylandi. Yunonlar odamzot figurasini tasvirlashni o’z san’atlarining asosiy ob’yektiga aylantirdilar. Yunon haykaltaroshlari har doim odamzot figurasini tasvirlashning eng yaxshi usullarini tinimsiz izlashgan. Nasroniylikning birinchi ming yilligi pallalarida haykallar nihoyatda kam yaratilgan. Shunday bo’lsa-da, ikkinchi ming yillikning dastlabki uch asrida nasroniy kalisolarining eng latiflaridan bir nechasi qurilgan va tabiiyki, haykallarning aksariyati bu ibodatxonalarni bezatish uchun yaratilgan edi. Keyinchalik, Renesans davrida odamzot figurasi qaytadan ko’klarga ko’tarildi va ulug’ haykaltaroshlar dunyo madaniyati xazinasi tarkib toptirgan tosh durdonalarni yaratdilar.