Gidravlik uzatma

Gidravlik uzatma – mashina, stanok va mexanizmlarda boshqaruvchi (etakchi) valdagi mexanik energiya yoki harakat boshqariluvchi (etaklanuvchi) valga suyuqlik vositasida uzatib be- riladigan mexanizmlar majmui. Aso- san hajmiy va gidrodinamik turlari bor. Vazifasiga ko’ra, mexanik energiya o’zgartirish yoki uzatishga mo’ljallangan yoki boshqarishni avtomatlashtirish maqsadida harakatni o’zgartirishga mo’ljallangan xillarga bo’linadi. Etak- chi kuch va burovchi momentining qiymati o’zgartirilib uzatiladigani g. u. gidro- transformator, o’zgartirilmay uzatila- digani gidromufta deyiladi. Mas, gi- dromufta (raem) suyuqpik to’ldirilgan korpus 1, markazdan qochirma nasosga o’xshab ishlovchi impeller 2 va gidro- turbina ish g’iddiragiga o’xshab ishlovchi repeller 3 dan iborat. G.u.ning ishi Mar- kazdan qochirma kuch va burovchi moment ta’siriga asoslangan. Vallarni bir- biridan ajratish uchun mufta korpusi- ni suyuqlikdan bo’shatish yoki suyuqlik b-n to’ldirish kerak. G. u. uzatmalar so- nini ohista, pog’onasiz, shovqinsiz o’zgartirishga imkon beradi. G. u. avtomo- billar, samolyotlar, teploxodlar, teplo- vozlar, stanoklar, ventilyatorlar, naso- slar va b.da keng qo’llaniladi.