Hamrayev Shahob Shamsiyevich

Hamrayev Shahob Shamsiyevich (1935. 10.5, Shofirkon tumani) — ortoped-travmatolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1999), tibbiyot fanlari Doktori (1974), professor (1976). ToshTIning pediatriya fakultetini tugatgach (1958), Buxoro viloyati Jondor tumani Markaziy shifoxonasi xirurgi, bo’lim mudiri (1958-59). Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intitutida klinik ordinator (1959— 61). Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida aspirant (1961 — 64), assistent (1964-74). Shu institut xirurgiya fakulteti dekani va ayni chog’da shu institut travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri (1974-85). Toshti o’quv ishlari bo’yicha prorektor (1985 — 87). O’zbekiston Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari (1987— 90), respublika bosh ortoped-travmatologi (1975-87). 1990 yildan Respublika ixtisoslashtirilgan bo’g’in va panjalar jarrohligi markazi direktori. Ilmiy faoliyati qo’l barmog’i jarohati va kasalliklari, Surunkali osteomielit, sun’iy bo’g’imlar o’rnatish (endoprotezlash), revmatoid artritlarni ortoped-xirurgik usulda davolash, shuningdek, suyak, Tog’ay va muskullarning plastik operasiyasiga va boshqa masalalarga oid. As: Provodnikovoe obezbolivanie nervnn stvolov i spleteniy pri operatsii na konechnostyax, T., 1990; kaft va barmoqlarning jarohatdan keying kontrakturalarini apparat-jarroxlik usulida davolash, T., 1996; kompleksnoe lechenie ishemicheskoy kontrakturm paltsev i kistey, T., 2004.