«Hurriyat»

«Hurriyat» — ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yo’nalishdagi mustaqil gazeta. 1997 yil yanvardan Toshkent shahrida haftada 1 marta chop etiladi. Muassisi: O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gazetaning «jurnalist tekshiruvi», «tekshiruv», «himoya», «huquq», «Fikr», «Mulohaza», «munosabat», «Javob», «tafakkur», «ma’rifat» kabi ruknlarida eng sara va o’qishli maqolalar berib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda V.Alimasov, Z.Isomiddinov, X.Do’stmuhammad, O’.Hayitov; huquqiy mavzuda H.Olimjonov, A.Jonuzoqov; ma’naviy-ma’rifiy mavzuda O.Jo’raboev, N.Hasanov, I.Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Adadi 5000 nusxa (2005).