Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket
Bilasizmi?

Impressionizm nima?

Uning nomlanishi fransuzcha “impression” — taassurot — so’zidan kelib chiqqan. Bu nom K. Monening “Taassurot. Kun chiqishi” degan suvrati namoyish etilgan 1874 yilgi ko’rgazmadan so’ng paydo bo’ldi. Bu uslubning asosiy jihati — rassom tasvirlagan narsa idrok etilishining bevositaligi. Mazkur uslubning xossalari rassomchilikda ko’proq namoyon bo’ldi. Bu uslub tariqasida ijod qilgan eng mashhur musavvirlarning nomini tilga olamiz: Mane, Mone, Pisarro, Renuar, Sisley va Van Gog. Impressionistlarning ilk asarlari 1860 yilda paydo bo’lgandi. Biroq, ularni rasmona ko’rgazmalarga qabul qilmaydilar, shu bois ular o’z asarlarining muqobil namoyishini tashkil etishga majbur bo’ladilar. Tasvirlash uchun buyum tanlanishi va uning qaytadan inkishof etilishi emas, balki unga ko’z tushgan lahzada musavvirda paydo bo’ladigan taassurot rassom uchun muhimiga aylanadi. Mabodo u Quyosh chiqishini chizayotgan bo’lsa, aynan o’sha lahzani tasvirlaydi. Ranglar shitob bilan o’zgargani tufayli musavvir bo’yoqlarni ehtiyotkorona aralashtirgan holda juda tez ishlaydi. Impressionistlarning har bir kartina-suvratida bo’yoqlarning sezilar-sezilmas chaplanib ketgani saqlanib qoladi. Rassomning kimligini muyqalamni qay tariqa tutishiga, matoda tasvirlash uchun qanday bo’yoqlardan foydalanishiga va qaysi buyumlarni tanlashiga qarab aniqlash mumkin. Shu bois ham Maneni Van Gog bilan hech qachon chalkashtirib bo’lmaydi.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket