Islomova Nasiba Tursunboyevna
Islomova Nasiba Tursunboyevna (1955.16.5, Chinoz tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Guliston universitetini tugatgan (1994). 1972 yildan Yangiyo’l tumanidagi 91-maktab o’qituvchisi, Guliston shahridagi 1-, 3-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi, ilmiy bo’lim mudiri, 1997 yildan 1-maktab direktori. U darslarni o’ziga xos ravishda tashkil etib, noan’anaviy usullardan foydalanadi. Uning rahbarligi davrida maktab moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi.
O‘xshash so‘zlar
- Islomobod
- Islomov O’tkir
- Islomov Saidazim
- Islomov Hojisiddiq
- Islomov Ikrom Islomovich
- Islomxo’ja
- Islomxo’ja madrasasi va minorasi
- Ism, ot






