O’zbekiston madaniyati. Mualliflar: Usmon Qoraboyev, G’ayrat Soatov
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati haqida
Qadimgi xorazmliklarning madaniyati, san’ati va diniy qarashlari
Qadimgi Baqtriya madaniyati va san’ati
Qadimgi so’g’diyonaliklarning madaniyati, san’ati va diniy qarashlari
Avesto – ajdodlarimizning qadimgi bebaho yozma yodgorligi
Kushonlar davri madaniyati
Eftalitlar davri madaniyati
Turk xoqonligi davri madaniyati, san’ati va diniy qarashlari
Sharq va G’arb Uyg’onish davlari madaniyatlari va ularning xususiyatlari
Ilm-fan taraqqiyoti
Islom ta’limoti va hadisshunoslik ilminiy rivoji
Tilshunoslik va axloqshunoslik
Me’morchilik va musiqa san’ati
Amir Temur davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari
Ilm-fan ravnaqi
Me’morchilik san’ati
Miniatyura va musiqa san’ati
Adabiy-badiiy jarayon
Ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xususiyatlari
Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji
Adabiy-badiiy jarayon
Me’morlik va musiqa madaniyati
Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot
Rossiya imperiyasi istilosi va uning milliy madaniyatga ta’siri
Turkiston o’lkasida ta’lim tizimi va uning o’ziga xos jihatlari
Ilmiy jamiyatlar va ularning milliy madaniyatga ko’rsatgan ta’siri
Me’morlik va musiqa san’ati
Sho’rolar davri madaniyati
Mustaqillik va madaniy islohotlar
Madaniyat sohasida milliy g’oya ifodasi
O’zbek xalqi an’anaviy madaniyati
Mustaqil O’zbekiston badiiy madaniyati
O’zbekiston – ko’p millatli va diniy madaniyat diyori
Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati
O’zbekistonda fan taraqqiyoti
Kirish
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh yo’nalishlardan biri kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Ta’lim tizimi o’quv rejalarida bo’lajak mutaxassislar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida talabalarni milliy va umumbashariy madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan. Zero, insoniyatning kelajagi uning madaniyatlilik darajasiga bog’liq bo’lmoqd. Chunki insoniyatning keyingi hayotini qurolli to’qnashuvlar, tajovuz va zo’ravonliklar emas, balki har bir shaxsning madaniyatlilik saviyasi belgilab beradi. BMTning XXI asrni insonparvarlik asri, jamiyatni insoniylashtirish, ya’ni madaniylashtirish asri deb e’lon qilishi ham bejiz emas. Shu sababli keyingi paytlarda jahon miqyosida, ayniqsa, Respublikamizda milliy madaniyat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari, ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo’lib, minglab yillar davomida yaratilgan tajribalarni o’ziga singdirib, takomillashib borgan. Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning ma’naviy qiyofasi ham shakllangan.
Yutimizning har bir fuqarosi, eng avvalo, Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz ma’naviy merosidan yaxshi xabardor bo’lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shaolmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy madaniyat tarixini bilmasdan, o’rganmasdan turib, o’zlikni anglash va milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish, millatni haqiqiy vakili bo’lishi mumkin emas”.
Millatning kelajagi bo’lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat, uning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilizatsiya, ajdodlar tajribasi (ibtidoiy davrdan hozirgacha qo’lga kiritilgan yutuqlar)ini bilishi va ulardan ijodiy foydalanishi talab qilinadi.
Ikkinchidan, yoshlar umumbashariy madaniyatdan ham xabardor bo’lishi zarur. Chunki boshqa xalqlar madaniyati, uning yaratilish jarayoni, madaniyatlarning o’zaaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sir etishi jarayonidan xabardor bo’lgan kishigina o’z ajdodlarining ma’naviy boyliklarining qadriga yetadi, ularni asrab-avaylab, keyingi avlodlariga yetkazishga o’z hissasini qo’sha oladi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o’ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish” o’ta muhim vazifadir. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zida uyg’unlashtirgan yosh avlodgina millatning haqiqiy kelajagi bo’la oladi. Madaniyat ilmining “kalit” tushunchalari haqida tasavvurga ega bo’lmasdan turib, madaniyatimiz tarixini anglab bo’lmaydi.