Mashina nima degani?

Mashina — inson tomonidan o’ylab topilgan ma’lum bir foydali ishni bajaradigan mexanizmdir. Masalan, qandaydir qutini g’ildirak ustiga o’rnatsangiz. Siz hali mashina yaratgan bo’lmaysiz. Kerakli natijaga erishish uchun siz uni ishlatishingiz, ya’ni mashinani harakatga keltirishingiz kerak. Inson harakatlanuvchi, yerda, havoda, dvigatel o’rnatilgach va dengizda uni olib yura oluvchi mashinalarni shu tariqa yaratdi. Velosiped, mashina, tayyora (samolyot) mashina hisoblanadi. Og’ir yuklarni tashishga ko’maklashuvchi tyagachlar ham mashinadir. Barcha mashinalar ma’lum bir ozuqa manbalariga tayanib ishlaydi. Bu qanday yuz beradi? Dvigatel yonilg’ida mavjud issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va o’zi birkitilgan mashinani harakatga keltiradi. Hozirgi kunda inson xilma-xil energiya manbalari qo’llanilib, harakatga keltiriladigan ko’pgina dvigatellarni yaratdi. Energiya manbalari chindan turlichadir, bu — shamolning kuchi, quyosh issig’i, suvning harakati, yerosti harorati… Ichdan yonar dvigatellar energiyasi gaz yoki neftni yondirish asosida paydo bo’ladi, bug’ qozoni uchun ko’mir yoki o’tin yoqiladi. Shamoldan shamol tegirmoni harakatga keladi. Gohida shunday ham bo’ladiki, inson energiyani hosil qilib, uning ustidan nazoratni yo’qotib qo’yishi mumkin. Atom elektr stantsiyalarida shunday hollar yuz berib turadi. Shak-shubhasiz, mashinaning paydo bo’lishi texnikaning rivojlanishini jadallashtirdi va insonning atrof — dunyo to’g’risidagi tasavvurini kengaytirdi. Jumladan, okeanlar osha sayohat insoniyatning azaliy orzularidan biri edi. Yoki inson qachonlardir bir kun oyga oyoq qo’yadi, deb o’ylashga jur’at qila olarmidi? Mana shunday sabablarga ko’ra, mashinalar bugungi kunda ham bizni qayta-qayta hayratga solib kelmoqda.