Miniatyura

Miniatyura (fransuzcha miniature, lotincha minium-qizil bo’yoq)-badiiy usullari (o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli (mo’jaz) tasviriy san’at asarlari. O’rta asr qo’lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgn nafis mo’jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, mag’zi soxta (toshqog’oz), metal, chinni, ba’zan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham Miniatyura atamasi qo’llanadi. Badiiy Miniatyuraning kitob va portret Miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan.