MULLABOY MANSUROV TSIRKI

MULLABOY MANSUROV TSIRKI birinchi professional o’zbek tsirk truppasi. Mullaboy Mansurov 20-a.ning boshida ko’chma tsirk va turli tomoshalar- ni uyushtirishda Dong taratgan. O’zining tashkilotchiligi va xalq san’atini yaxshi bilishi tufayli, tarqoq tsirk to’plarini birlashtirib, 1903 y. Toshkentda Evropa shaklidagi dastlabki o’zbek tsirk trup- pasini tuzdi. Truppada aka-uka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar (chig’iriqchi va muallaqchilar), Muxammad (chaqqon) Xo’jaev b-n qodir bola (akrobat), Karim Zaripov b-n ortiq qiziq (bambuk; biri 4-5 metrli yog’ochni qorniga qo’yib, ik- kinchisi o’sha yog’och ustiga chiqib o’ynagan), Muqiddin Shokirov («besuyak»), kal sho- kir (jonglyor), Said-afg’on (qilichboz), Yusufjon qiziq Shakarjonov, Sobir qori va Rafiq qiziq (qiziqchilar), Zo- kirjon Ovulov (jarchi), Ashirmat va Kenja-boy (surnaychi) singari 20 dan ortiq kishi uyushgan. Mullaboy Mansu- rov o’zi boshliq va badiiy rahbar bo’lgan xamda o’rgatilgan otlar b-n manejga chiqqan. 1904-06 y.larda M.M.ts. Turkiston o’lkasi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, hattoki Sharqiy Turkiston (Sintszyan) shahar va qishloklarida o’z tomoshalari b-n gastrolda bo’lgan. 1908-09 y.lar M.M. ts. yana bir nechta mayda to’plarga bo’linib ketdi. O’zbek tsirk artistlari uchun M.M.ts. professional maktab va- zifasini o’tadi va ular bu erda faoli- yat ko’rsatib, o’z mahoratlarini birmun- cha oshirishdi va murakkab mashklarni o’zlashtirib, repertuarni kuchaytirishdi. M.M.ts.ning tashkil bo’lishi tarqoq tsirk o’yinchilari birlashib, yaxlit dastur b-n maydonga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Po’lat Toshkanboev.