Norin

Norin — Qirg’izistonning Norin viloyatidagi shahar (1927 yildan), viloyat markazi. Norin soyligida, Norin daryosi (Sirdaryo havzasi) bo’yida, balandligi 2000 metrdan ortiq bo’lgan Olamushuk tizmasi etaklarida; Ribache temir yo’l stantsiyasidan 180 kilometr janubda. Avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 44,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qashqardan Chuy vodiysiga o’tadigan savdo yo’li ustida istehkom punkti sifatida vujudga kelgan. Mexanika zavodi, tikuvchilik fabrikasi, go’sht kombinati, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, Tyanshan musiqali drama teatri bor. Shahar 1867 yilda bunyod etilgan.