Olimpiya

Olimpiya — elida (Peloponnesning shimoliy-g’arbiy qismi)dagi yunonlar shaxri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis o’rmonzori). Olimpiya atrofida Olimpiada o’yinlari o’tkazish uchun qurilgan inshootlar (stadion va boshqalar) joylashgan. Olimpiyada Fidiy ustaxonasi joylashgan. Olimpiya ma’muriy majmuasi miloddan avvalgi 7— 4-asrlarda shakllangan. Milodiy 426 yil Rim imperatori Feodosiy II buyrug’iga ko’ra o’t qo’yilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada o’yinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pelops sajdagohi, ibodatxonalar xarobalari, jumladan, Gera, Zevs, xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va boshqalar topilgan Olimpiya Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.