OLTI QO’SHUV UCH (6+3) GURUHI

OLTI QO’SHUV UCH (6+3) GURUHI — Afg’onistonda 2005-yildan keyingi davrda Tolibon harakati yashirin faoliyat yuritib, yana jonlana boshladi. Afg’oniston yana harbiy to’qnashuvlar girdobida qoldi. Shu boisdan O’zbekiston Prezidenti 2008-yil 3-aprelda Buxarestda NATO/SEAP (Yevroatlantika hamkorlik kengashi) sammitida ishtirok etib, 30 yildan buyon hozirgacha davom etib kelayotgan Afg’oniston mojarosini hal etish yuzasidan bir qator amaliy takliflarni ilgari surdi. Yurtboshimizning 2008-yil avgustida SHHT sammiti doirasidagi ma‘ruzasida esa bu masala yana bir bor ta‘kidlab o’tildi. Shuningdek, ―6+3 guruhini tuzish g’oyasi Prezidentimiz tomonidan 2009-yil 15– 16-iyunda Rossiya Federatsiyasining Yekaterenburg shahrida bo’lib o’tgan SHHT anjumanida ham ilgari surildi. Davlatimiz rahbari ushbu guruh eng avvalo Afg’onistonda o’z yechimini kutib turgan quyidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishda muhim rol o’ynashiga e‘tibor qaratdi: – oddiy xalqning ehtiyojini qondirish; – aholi bandligi (ish bilan ta‘minlash); – hokimiyatning vertikal boshqaruv idoralari nufuzini mustahkamlash; – afg’on xalqining xalqaro koalitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish; – xalqaro hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan Afg’onistonga moddiy yordam va ko’mak ajratish; – afg’on xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish; – ―6+2 muloqot guruhini ―6+3 muloqot guruhiga aylantirish, ya‘ni unda NATO vakolatxonasining ishtirokini ta‘min etish lozim. Prezidentimiz Islom Karimov ―6+3 guruhi g’oyasiga 2010-yil 27-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida so’zlagan ―Mamalakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish – ustuvor vazifamizdir mavzusidagi ma‘ruzasida ham alohida to’xtalib o’tgan edi. ―6+3 muloqot guruhining eng muhim maqsadi – Afg’onistonda birbiriga qarshi kurashayotgan kuchlarga harbiy harakatlarni to’xtatish dasturini taklif etish, mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy muammo va ziddiyatlar bo’yicha o’zaro murosa asosidagi echimlarni topish, xavfsizlikni ta‘minlash hamda barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda zarur kafolatlarni berish lozimligi qayd etildi.