Oltin yugurtirish

Oltin yugurtirish – buyumlar sirtiga yupqa qatlamda (0,01 mkm dan bir necha mkm gacha) oltin qoplash. Buyumlar ning korroziyaga chidamliligini, elektr o’tkazuvchanligini, yaltiroqligini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida qilinadi. Oltin yugurtirishda galvanik, katodli purkash, yupqa zar qatlamini yopishtirish, kontakt-mexanik usullar (buyum sirtiga oltin kukunini sepib ishlov berish, olovda oltin amalgamasini qoplash va boshqalar) qo’llanadi.