Omolon

Omolon — Rossiya Federatsiyasi Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya)dagi Daryo. Kolimaning o’ng irmog’i. Uzunligi 1114 kilometr, havzasining maydoni 113 ming km2. Kolima tog’ligidan boshlanib, Yukagir yassitog’ligining Sharqiy chekkasidan, quyi qismida kolima pasttekisligidan oqib o’tadi. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Oktabrda muzlab, mayda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngda — Molongda, Oloy, Oloychan; chapda — Kedon. Quyi oqimida yog’och oqiziladi. Shcherbakovo Pristanidan quyilish joyigacha (600 kilometr) kema qatnaydi.