Porter (Porter) Jorj
Porter (Porter) Jorj (1920.6.12, Steynfort, Yorkshir) — ingliz Fizik kimyogari, London Qirollik jamiyati a’zosi (1960). Kimyo professor (1963), Buyuk Britaniya Qirollik instituti Direktori (1966 yildan), fotobiologiya bo’yicha xalqaro komitet (1968 yildan), Buyuk Britaniya kimyogarlar jamiyati (1970 yildan) prezidenti. Gaz fazasida tezkor fotokimyoviy reaktsiyalar ustida tadqiqot olib borgan. Impuls fotoanaliz usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1967, R. Norrish va M. Eygen bilan hamkorlikda).