Qalliyev Anvar

Qalliyev Anvar (1921.8.3, Tyumen viloyati Yarkovo tumanidagi Tarxani qishlog’i) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1941 yil avgustdan frontda. 326-alohida razvedka rotasi (Markaziy front 65-armiyaning 246-o’qchi diviziyasi)ning razvedkachisi. Qalliyev Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Menzina qishlogini ozod qilishda ko’rsatgan jasorati uchun 1944 yil 15 yanvarda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Toshkent viloyatining quyi Chirchiq tumanidagi Qo’rg’oncha shahrichasida yashaydi.