Qarshi magistral kanali

Qarshi magistral kanali — Qarshi cho’liga qurilgan irrigasiya inshooti. Kanal Amudaryodan Pulizindon burnidan boshlanib shimoliy tomonga Tallimarjon suv omboritacha oqib boradi (bosh mashina qismi 80 kilometrcha), u yerdan kanalning o’zioqar qismi boshlanadi, Qarshi magistral kanalidan qarshi cho’lining quyi zonasini sug’orish uchun Sho’rsoy tarmog’i, yuqori zonasini sug’orish uchun Mirishkor tarmog’i suv oladi. Kanalning 1-navbati qurilishi 1965 yilda boshlanib, 1973 yilda nihoyasiga yetdi. Uzunligi 290 kilometr (100 kilometrdan ko’proq qismiga beton, betonplyonka qoplama yotqizilgan), bosh qismidagi maksimal suv o’tkazish imkoniyati 195-220 m3/s ga yaqin, suv kuchli nasoslar bilan 6 bosqichda 132 metr balandlikka ko’tarib beriladi. Kanalning asosiy vazifasi Amudaryo suvini Qarshi cho’lidagi qurg’oqchil, asosan, g’o’za ekiladigan maydonlarga etkazib berish. Qarshi magistral kanalining bosh qismida umumiy quvvati 450 MVt bo’lgan 6 nasos stansiyasi (36 nasos agregat) qurilgan. Nishon, Qarshi, G’uzor, Koson va boshqalar tumanlarda 200 ming gektardan ziyod yer sug’oriladi.