Qattiq qotishmalar
Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda o’z qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, eyilishga chidamli xillarga bo’linadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor. Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bog’lovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, po’lat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil o’lchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burg’ilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750°, temperaturada qovushtirish yo’li bilan tayyorlanadi va turli o’lcham hamda shakldagi plastinalar tarzida bo’ladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell bo’yicha 93 ga yetadi, 1200° gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yo’qotmaydi; kesuvchi asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar, asosan, xrom, nikel, uglerod, volfram, temir va boshqalar elementlarni qo’shib suyuqlantirish yo’li bilan olinadi. Quyma Qattiq qotishmalarning sellit (VK2, vkz), sormayt №1, sormayt №2 va boshqalar markazlari mavjud bo’lib, ular detal va asboblarning yeyilgan yuzalariga suyuqlantirib qoplash uchun ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar suyuqlantirib qoplangan yuzaning yeyilishga chidamliligi 2-4 baravar ortadi, qattiqligi esa Rokvell bo’yicha 40-50 birlikka yetadi.