Qodirova Mahbuba Shamsiyevna

Qodirova Mahbuba Shamsiyevna (1919.25.5, Toshkent) — adabiyotshunos va matnshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995), Filologiya fanlari Doktori (1975). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1936). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida stenografistka (1934-36), katta ilmiy xodim (1956— 61), Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida katta (1967-91), yetakchi ilmiy xodim (1992 yildan). Mumtoz o’zbek shoiralari — Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno, Muslihabegim Miskin, Saodat Mushtariy, Anbar Otin kabi ijodkorlarning hayoti va ijodiy merosini keng ko’lamda o’rganib, ilmiy risolalar, monografiyalar yozgan va ularning she’riy to’plamlarini nashr qildirgan. «19-asr o’zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri» asarida (1977) shu davr adabiyoti va, xususan, shoiralari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. As: Nodira hayoti va ijodi, T., 1965; Nadira, T.. 1967, 1990; Dilshod, T., 1971; Zebunniso, T., 1982; Shoira Anbar, T» 1991: Shoira Muazzamxon, T., 1992; She’riyat va muhabbat malikasi, T., 1998.