Qora korinka

Qora korinka, Passerina Nero, Panariti — ertapishar mayda G’ujumli urug’siz uzum navi. Vatani — Gretsiya, Italiya, Angliya, AQSh (Kaliforniya), Avstraliya, shu jumladan, O’zbekistonda (kollektsion tokzorlarda) tarqalgan. Qora dengiz havzasi ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Bargi o’rtacha, 3-5 bo’lmali, orqasida oqish tuklari bor. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha, shakli tsilindrsimon (bo’yi 10— 12 santimetr), g’ujump mayda (diametri 12-13 millimetr), rangi binafsha-qizil, mumg’ubor bilan qoplangan. Tarkibida qand miqdori 22-26%, nordonligi 5,5 — 7%. Eti shirin, po’sti yupqa, Toshkent viloyati sharoitida kurtaklari bo’rtganidan keyin 118 kunda — avgust boshida pishib yetiladi. Sovuqqa chidami o’rtacha. Hosildorligi 100 ts/ga. Yuqori sifatli, qandolatchilik sanoatida ko’p ishlatiladigan xushbo’y «Korinka» mayizi, vinolar tayyorlanadi.