Qorayoqa
Qorayoqa — rjankalar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning Atlantika qirg’oqlaridan Yaponiya, Tayvan va Filippin orollarigacha bo’lgan joylarda tarqalgan. O’rta Osiyoda ham ko’p. Qanotining uzunligi 10-12 santimetr, vazni 31— 46 gramm. Daryo va ko’llarning qum toshli qirg’oqlarida yashaydi. Uyasi to’shamasiz chuqurchadan iborat. Aprel oxirida 4 ta tuxum qo’yib, 22-24 kun bosadi. Hasharotlar va ularning lichinkasi, ba’zan o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Qorayoqa
- Qorayozbobo qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Qori
- Qori Qunduziy
- Qori-Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich
- Qorin bo’shlig’i
- Qorin pardasi
- Qorinkiprikli chuvalchanglar


