QO’SHIN

QO’SHIN — urush xavfi tug’ilganda yoki harbiy yurish oldidan shahar, viloyatlarda to’plangan harbiy qism, lashkar; keng ma‘noda — ko’p sonli harbiy qism (korpus, armiya). ―Qo’shin atamasi zamonaviy qurolli kuchlar turlari, Qo’shin turlari, maxsus Qo’shinlar, shuningdek, operativ va hududiy birlashmalarning harbiy kuch va vositalarining umumlashgan nomlarini ifodalash uchun qo’llanadi.