Qosimov Akmaljon

Qosimov Akmaljon (1937.20.2, Shahrixon shahri — 2004.23.6, Toshkent) — biokimyogar, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), biologiya fanlari Doktori (1978), professor (1978). ToshDUni tugatgan (1961). ToshDu biofizika kafedrasida assistant (1964-66), katta o’qituvchi (1966), dotsent, tuproqshunoslik fakulteti dekan o’rinbosari (1969-73), o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri (1973-76), Andijon pedagogika instituti rektori (1976-92), viloyat hokimi o’rinbosari (1992-93), Andijon universiteti rektori (1993-95), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi o’rinbosari (1995 — 2000). O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bosh boshqarmasi boshlig’i (2000-04). Ilmiy ishlari radioaktiv nurlanish, metallarning ultradispersiyali kukuni. Past harorat va tuzlarning hujayra hamda organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan. As: mitoxondriya i xloroplasti, T., 1984 (v soavtorstve); Vliyanie raliasii na energiticheskuyu sistemu rasteniy. T.. 1985; kletka i kletochnme strukturn. T., 1986; biokimyo [darslik], T., 1988 (hamkorlikda); Biokimyodan amaliy mashg’ulotlar, T, 1989 (hamkorlikda); Biologiya [ma’lumotnoma]. T, 1998 (hamkorlikda).