Qosimov Erkin Umaraliyevich

Qosimov Erkin Umaraliyevich (1935.14.10, Toshkent) — qurilish sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), texnika fanlari Doktori (1981), professor (1982). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1958). O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligida katta muhandis, Suv inshootlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1958-62), Toshkent politexnika institutida katta o’qituvchi. dotsent, fakultet dekani, kafedra mudiri (1965-72, 1982-91), O’zbekiston Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Oliy o’quv yurtlari bosh boshqarmasi boshlig’i (1978 — 81). Toshkent arxitektura-qurilish institutida prorektor (1991-2000), professor (2001 yildan). Ilmiy ishlari qurilish materiallarining xossalarini o’rganish. Mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish, ularning ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va boshqa muammolarga oid. As: qurilish materiallari, T., 1982; Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar (hammualliflikda), T., 1984; qurilish ashyolari, T., 2004. Ad.: Umr daftari, T., 2004.