Quliyev Qaysin Shuvayevich

Quliyev Qaysin Shuvayevich (1917.1.11 — hozirgi Kabarda-Balkariya Respublikasi, Chegem tumani — 1985.4.6) — bolqor shoiri. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-44). Moskvadagi Teatr san’ati institutini tugatgan (1939). Ilk she’rlar kitobi — «Assalom, tong» (1940). Asarlarida inson kechinmalari, tabiat, Vatan, ozodlik va turmush tashvishlari, o’z zamonasi va tarixiy o’tmish voqealari aks etgan. «Qo’shnilarim» (1939-45), «Daralar qo’shig’i» (1960) she’riy to’plamlari va «yarador tosh» (1964), «Yer kitobi» (1972), «oqshom» (1974), «zamin chiroyi» (1980) kabi dostonlar muallifi. Bolqor xalqi tarixi va taqdiriga bag’ishlangan «Qish edi» (1985) epik asari umrining oxirlarida yozilgan. Bir qator Kavkaz xalqlari vakillari qatori O’rta Osiyoga surgun qilingan Quliyev 1944-57 yillarda Qirg’izistonda yashagan. O’zbekistonda o’tkazilgan nufuzli adabiy tadbirlarda muntazam qatnashgan. U o’zbek she’riyatini nihoyatda qadrlagan; Zulfiya, Shukrullo, Abdulla Oripov kabi o’zbek shoirlarining she’rlarini bolqor tiliga tarjima qilgan. «Gul va xanjar» (1968), «Ko’zlaringni sevaman» (1977), «Meni ardoqlagan ayollarga» (2004) kitoblari o’zbek tilida nashr qilingan. As: Sobranie sochineniy, p 3-x t.. M., 1987. Ad.: Efendiev T., Kaysin Kuliev, M., 1985.