Qurbonov Sobir Hayitovich

Qurbonov Sobir Hayitovich (1949.20.1, Buxoro tumani) — sportchi, sambo bo’yicha jahon chempioni (1975, Minsk), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1976), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1999). Akobir Qurbonovyaning otasi va birinchi ustozi. Sambo bo’yicha 74 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston (1970, 1973), Spartakiada (1975, Tbilisi) va Yevropa (1974, Madrid) chempioni. Shuningdek, kurash bo’yicha 73 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston chempionati (1969, 1970) va nufuzli musobaqalar g’olibi. Qurbonov Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1972), Buxoro tumanidagi 2-bolalar va o’smirlar sport maktabida murabbiy, direktor (1973-87). 1987 yildan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi «Dinamo» sport jamiyatida katta murabbiy.