Qurut

Qurut — suzmani yong’oqdek-yong’oqdek yumaloqlab, 2-3 kun oftobga qo’yib, quritib tayyorlanadigan mahsulot. Ma’lum miqdordagi suzma (1 kilogramm)ga tuz (1 osh qoshiq) qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Ayrim joylarda Qurutga quritilgan xushbo’y ko’katlar, Rayhon, jambil barglari, tuyilgan qizil qalampir qo’shiladi. Quritilayotganda Qurutning ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib qo’yiladi. Tayyor Qurutlar surp xaltachalarda saqlanadi. O’tmishda ba’zi dehqonchilik hududlarida yetilib pishgan shirin qovunning eti aralash sharbatiga un solib qaynatib pishirilgan va hosil bo’lgan quyulgan massa qoshiq bilan bo’laklanib, oftobda quritilgan. Bunday shirinlik qovunqurut deb atalgan.