Shahriston

Shahriston-o’rta asrlarda Sharqdasi shaharlarning markazi, ya’ni mudofaa devori bilan mustahkamlangan shaharning asosiy qismi. Shahristonda saroy, jome masjidi, yopiq yoki ochiq bozor, bosh maydon – registon, muhim ma’muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qo’rg’onlari, shuningdek oddiy aholi xonadonlari va boshqalar bo’lgan. Qadimgi Buxoro Shahristoni Arkdan alohida qurilgan.