TABLO

TABLO (lotincha tabula — taxta) — yorug’lik signallari yoki yozuvlar paydo bo’ladigan elektr yoki elektron qurilma (shchit). Sanoat korxonalari yoki avtokorxonalardagi dispetcherlik xizmatida, stadionlar va sport maydonlarda, tijorat reklamalarida qo’llanadi.