YANGIYO’L

YANGIYO’L (1934 yilgacha Qovunchi qishlog’i) — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining o’ng sohilida, Katta O’zbekiston trakti yonida, o’rtacha 307 metr balandlikda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar o’rtasidan Kurkuldak arig’i, shahar chekkasidan Jo’nariq kanali o’tgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va o’rta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat ko’rsatadi. «Russi— Sa» qo’shma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fkalari, un, yog’moy kombinati, biokimyo, temirbeton konstruktsiyalari, paxta tozalash, g’isht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishta’mirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 12 umumiy ta’lim, bolalar va o’smirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologik-iqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bog’i, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, «Motamsaro ona» yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tug’ruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultasiyasi aholiga xizmat ko’rsatadi.