YASHIN TEZLIGIDAGI URUSH

YASHIN TEZLIGIDAGI URUSH («bliskrig») (nemischa — yashin va — urushdan) — Germaniya harbiy rahbariyati tomonidan 20-asr boshida tuzilgam tez fursatda tugaydigan urush olib borish nazariyasi. Unga ko’ra, raqib o’zining asosiy kuchlarini safarbar etib tegishli pozisiyalarga joylashtirgunga qadar, kunlar yoxud oylar bilan o’lchanuvchi vaqt mobaynida g’alabaga erishiladi. Germaniya bosh shtabining 1 va 2 jahon urushlarida yashin tezligida muvaffaqiyatga erishish rejalari barbod bo’lgan.