Yeres

Yeres (yunoncha hairetis-tanlov, yo’nalish)-g’ayriodatiy diniy ta’limot, xristianlikda diniy aqida masalasida rasmiy cherkov ta’limotidan voz kechgan oqimlar. O’rta asrlarda eng yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan. Aholining turli qatlamlari Yeresni xristian cherkovini muqaddaslashtirgan feodal zulmga qarshi qabul qilishgan. Pavlikianlar, katarlar, valdenslar, lollardlar, taboriylar eng muhim Yereslar bo’lgan. Yeres tarafdori yeretik deb nomlangan. Ularga qarshi inkvizitsiya kurash olib borgan.