YOG’LIQ QORA

YOG’LIQ QORA (Leptaleum filifolium) — qaramdoshlar (krestdoshlar) oilasiga mansub bir yillik o’t, efemer o’simlik, bo’yi 5-20 santimetr. Poyasi sershox, mayda tuklar bilan qoplangan. Bargi ensiz, qalami yoki patsimon qirqilgan. Guli pushti, tojbargi 1 santimetr. Qo’zog’i qalami, o’tkir uchli, uzunligi 1-4 santimetr. Urug’i qo’zoqda 2 qator joylashgan. Mart—mayda gullab mevalaydi. O’zbekistonning hamma viloyatlaridagi cho’l va adirlarda, tog’ yon bag’irlarida ko’p o’sadi. Erta bahorda mollar uchun yaxshi ozuqa bo’ladi.