AALTONEN

AALTONEN (Aaltonen) Vyaynyo Valdemar (1894.8.3, Martilla – 1966.30.5, Xelsinki) – fin haykaltaroshi. Psixologik portretlar (“Ya. Sibelius”, marmar, 1935, Sibelius uy-muzeyida), haykallar (“Qizlar” turkumi, granit, 1917-41) muallifi; monumentlar va bezak haykallar ustasi (A. Kivi g’aykali, bronza, 1932-34, Xelsinki; monumentlar – “Do’stlik”, bronza, 1952; “Tinchlik”, granit, 1950-52; Laxtida, Tinchlik Oltin medali, 1953 va boshqalar). Shuningdek u rassom va medal yasash ustasi sifatida ham ijod qilgan. Aaltonen ijodi insonparvarligi, g’oyadagi tuyg’u-ruhiyatning aniqligi bilan ajralib turadi.