Afanak puli

Afanak puli (turkcha, forscha)-Xiva xonligida qazuvga chiqish to’g’risidagi e’lonni biron-bir qishloqdagi dehqonlarga yetkazgani uchun xabarchining qazuvchilardan o’z foydasiga yig’ib oladigan xabar puli. Xabarchi qoidaga ko’ra har bir qazuvchidan ikki kumush tanga (30 tiyin)dan yig’ib olgan.