ASTROIQLIM haqida nimani bilasiz?
ASTROIQLIM—joy va iqlimning astronomik kuzatishlarga ta’siri. Biror joyning Astroiqlimini o’rganishda teleskopik kuzatishlar olib borib, kechalari yulduzning miltillashi, osmonning tiniqligi va yoritilganligi, kunduz kunlari esa Quyosh diski chetining yoki Quyosh dog’ining tebranish darajasi aniqlanadi. Kunduzi ATM.ning tiniqligi G. A. Tixovning besh balli shkalasi bo’yicha topiladi. Astroiqlimni o’rganishda joyning kamida bir yillik meteorologik sharoiti, jumladan, bulutsiz kechalarning soni, shamolning yo’nalishi va tezligi, temperaturaning sutkalik, oylik va yillik o’zgarishlari tekshiriladi. O’zbekistonda Toshkent, Chimyon, kitob, Taxtaqoracha, Navgarzon va Farg’ona vodiysidagi bir qancha joylarning Astroiqlimi o’rganilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ASTROKOLORIMETRIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTROKOMPARATOR haqida nimani bilasiz?
- ASTROLOGIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTROLYABIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTROMETRIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTRONAVIGATSIYA haqida nimani bilasiz?
- ASTRONAVT haqida nimani bilasiz?
- ASTRONAVTIKA haqida nimani bilasiz?






