Repatriantlar
Repatriantlar (lotincha repatriatsiya – vatanga qaytish) – asirlikdan va majburiy kuchirib ketilganlikdan so`ng o`z vataniga qaytib kelgan kishilar.
Repatriantlar (lotincha repatriatsiya – vatanga qaytish) – asirlikdan va majburiy kuchirib ketilganlikdan so`ng o`z vataniga qaytib kelgan kishilar.
Reylef (fransuzcha reylef – ko`taraman) – yer yuzasi shakllari: tog`lar, tekisliklar, pasttekisliklar, adirlar, yassi tog`liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, botiqlar, soyliklar, jarlar va b.
Relyef– yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi notekisliklar yig`indisi. Yunoncha ko`tarilaman degani.
Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan, yangitdan, lotincha kultivo – ekib obod qilaman) – kishilar faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish, o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida ekin bitmaydigan bo`lib qolgan … Read More
Rezervatsiya, rezervat (lotincha rezervo – saqlayman) – mamlakatning tub-joy aholisi majburan haydab chiqariladigan rayonlar: AQShda indeetslar, JARda – afrikaliklar, Avstraliyada aborigenlar uchun rezervatsiya ajratilgan.
Regressiya– dengizning chekinishi. Regressiya quruqlikning ko`tarilishi yoki okean tubining cho`kishi, yoinki, okean havzasida suv hajmining kamayishi oqibatida ro`y beradi.
Region (lotincha regio – o`lka) – yirik hududiy birlik (masalan, tabiiy, iqtisodiy, siyosiy rayon); Region odatda rayonga nisbatan kattaroq bo`ladi.
Reg– qum, qumloq, qumli joy. O`rta Osiyodagi shaharlarda jamoat to`planadigan markaziy maydonlarga quruq bo`lsin deb yerga qum solib qo`yilgan. Bunday joylar registon, ya’ni qumli joy deb atalgan.
Regresiya – quruqlikning ko`tarilishi yoki okean suvining kamayishi tufayli dengiz suvining uzoq vaqt davomida quruqlikdan chekinishi.