Profermentlar
Profermentlar, zimogenlar, faolsiz fermentlar – ko’pchilik proteoletik fermentlarning faolsiz shakli. Ular ma’lum sharoitlar mavjud bo’lgandagina fаоl holga o’tadi.

Profermentlar, zimogenlar, faolsiz fermentlar – ko’pchilik proteoletik fermentlarning faolsiz shakli. Ular ma’lum sharoitlar mavjud bo’lgandagina fаоl holga o’tadi.
Profaza, boshlang’ich fаzа – mitozning birinchi bosqichi, bunda хrоmosomalar hosil bo’ladi.
Produtsentlar – anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi xemotroflar va avtotroflar.
Proantlar – vegetatsiyaning boshida, ya’ni barg chiqarmasdan gullaydigan o’simliklar; masalan, bodom, o’rik, shaftoli va boshqalar.
Primatlar – yuksak tuzilgan sut emizuvchi hayvonlar turkumi. Yuqori rivojlangan bosh miya va to’g’riga qarovchi takomillashgan ko’zga ega. Bularga lemurlar, maymunlar kiradi.
Pretsipitatsiya – Cho’kish – begona tanacha komplesining zidditanacha bilan cho’kish immunologik reaksiyasi.
Progesteron – tuxumdon sariq tanasi sintezlaydigan steroid gormon. Bachadon shilliq qavatini otalangan tuxum hujayraning o’sishi uchun tayyorlaydi va homiladorlik davrida embrionning me’yorli rivojlanishida qatnashadi.
Prepotensiya, naslga о’tkazish – nasldor erkak zotning belgilarni qat’iy ravishda avlodga o’tkazish xususiyati.
Preriy – Shimoliy Amerika (AQSH va Kanada)dagi asosan boshoqdoshlаг qoplagan tekis keng maydonlar.
Prenatal – tirik tug’uvchi organizmlarning tug’ishga, ko’z yorishga yaqin bo’lgan davri.