Bozargon, Bozurgon

Bozargon, Bozurgon (forscha-bozorchi, savdogar)-o’rta asrlarda viloyat, mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi, shaxs, savdogar. Bozargonlar oldi-sotdi ishlaridan tashqari ayg’oqchilik ham qilib, borgan mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida ma’lumot to’plagan. Xon va sultonlar, odatda, o’z elchilarini Bozargonlarga (savdogarlarga) qo’shib yuborishgan. Buni 1216-1220 yillar orasida xorazmshoh Muhammad bilan Chingizxon, shuningdek, XVI-XIX asrlarda Buxoro, Xiva, Balx bilan Rossiya va Hindiston o’rtasida olib borilgan aloqalar yaqqol ko’rsatadi.