Nimfalidlar

Nimfalidlar (Mymphalidae) -kunduzgi kapalaklar turkumi. Qanotlari yozilganda 25-80 millimetr, ustki gomoni chiroyli naqshindor. Qurtlarining tanasida pixlari va kutikulyar o’simtalari bo’ladi. 2 mingga yaqin turi ma’lum. Turlari tropik va subtropik mintaqalarda … Read More

Nimrang, Sherbandi, Anguri Kalon

Nimrang, Sherbandi, Anguri Kalon — o’rtacha kechpishar, xo’raki mahalliy uzum navi. O’zbekiston va Tojikistonda ko’p tarqalgan. Qozog’iston, Qirg’iziston, Qrim, Dog’iston va boshqa joylarda ham ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha … Read More

Nikolay I

Nikolay I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Tsarskoe Selo, hozirgi Pushkin shahri — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825-55). Pavel I ning 3-o’g’li. Dekabristlar qo’zg’olonini bostirgan (1825). Nikolay I davrida markazlashgan … Read More

Nikotin kislotasi

Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236-237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bug’doy kepagi, go’sht, ayniqsa, jigar … Read More

Nizomulmulk

Nizomulmulk (1017, Tue – 1092, Nahovand) — Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, «nizo-mulmulk», ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va … Read More

Nizak Tarxon

Nizak Tarxon, Abul Xayyoj (? -706) — Ko’histondagi Bodxiz shahrining merosiy hokimi (7-asr o’rtasi). Balxdagi Navbahor ibodatxonasining bosh kohini Barmakni o’ldirgach (652), Balx va Toxaristonning amaldagi hokimi. Mahalliy hokimlarning Arab … Read More

Niderlandiya inqilobi

Niderlandiya inqilobi (1566-1609) — Niderlandiya tarixiy viloyatida sodir bo’lgan inqilob. Kalvinizm bayrog’i ostida o’tgan va ispanlar hukmronligini batamom tugatish va feodallarning zo’ravonligiga qarshi qaratilgan. Konservativ ruhdagi byurgerlar oppozitsiyadagi dvoryanlar (Vilgelm … Read More

Nesmeyanov Aleksandr Nikolaevich

Nesmeyanov Aleksandr Nikolaevich [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Prezidenti (1951-61). Asosiy tadqiqotlari metallorganik birikmalar kimyosiga bag’ishlangan. 1929 yilda simoborganik birikmalarni diazousul … Read More

Neru Motilal

Neru Motilal (1861.6.5, Agra -1931.6.2, Lakhnau) — Hindiston milliy ozodlik harakati arboblaridan. Nagpur, Ollohobod kollejlarida ta’lim olgan, advokat. Javoharlal Neruning otasi. Birlashgan viloyatlar qonun chiqarish kengashi a’zosi (1909, 1915), shahar … Read More

Neruda (Neruda) Pablo

Neruda (Neruda) Pablo (taxallusi; asl ism-sharifi Neftali Rikardo Reyes Basualto) (1904.12.7, Parral shahri – 1973.23.9, Santyago) — Chili shoiri, diplomat. Santyago universitetida ta’lim olgan. Chili Senatining a’zosi va diplomat sifatida … Read More